AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Nikoh to‘g‘risida1 / 3

Nikoh to‘g‘risida

Munavvarqori Abdurashidxonov

I-qism

Janob muallif va muharriri «Taraqqiy»din iltimos qilurmankim, nikoh masalasi xususida mani bu besh-olti kalima so‘zimg‘a «Taraqqiy» sahifasidan joy bersalar.

Qola nabiyyi sallollohi alayhi vasallam nikoh sunnati «Faman rag‘ba an sunnati folis mani» mazmunicha bir oqil va bolig‘ kishiga tazavvij, ya’ni uylanmoq sunnat mua’kadalarini biri bo‘lmoqig‘a hech shubha yo‘qdur. Bunga binoan har kim o‘z kafuvvini topib, oli qadaral ol to‘y-tomosha qilib, imom afandilarimiz fasih va mavzun iboratlar birla aqdi shar’iy qilib, bir vajhi sunnat xutba o‘qilib, qizni kuyov qo‘lig‘a taslim qilurlar. Xo‘b yaxshi, ammo ikki-uch moddai muvassafasi bordurki, aning fasxiga ko‘shish qilmoq ulamoyi zulehtiromlarimizg‘a va ag‘niyolarimizg‘a vojib darajasida muhim va zarurdir. Birinchisi, qalmoq va xitoy toifalaridan qolg‘on bir rasmi qabihadurkim, nikohdan bir kun muqaddam besh-o‘n nafar sozanda va juvonlarni jam qilib, necha xil af’oli qabiha, g‘ayrimashru’lar birla o‘z yoru birodarlarig‘a bazm qilib ko‘rsatib, ofarinlar uyushtirar edilar. Bu ishni shar’an haromlig‘i izhori minal shamsdir. Ammo avomunnosg‘a chinon shoyi’ bo‘lmishdirki, martabai istihloldin o‘tub, sunnat, balki vojib darajasig‘a yetubdur.

Zakot bermoq bo‘lg‘on holda bir boy zakot bermasa, hech kimning ishi yo‘q, ammo o‘g‘lini uylantirib, bazm bermasa, avomlar o‘rtasida malomatga mustahiq bo‘lur.

Ikkinchi nikoh kuni kelinni kuyov hovlisig‘a olib borurda ko‘riladirgon bir rasmi shani’adurki, bir arobag‘a kelinni solib, ul arobaning oldida ikki-uch nafar xotunlar beibo chirmanda chalib va hofizlik qilib bormoqlari. Agarchi kulliyatan bo‘lmasa ham aksar joyda ko‘rilmoqdadur. Bu badbaxtlarning avrat ovozini eshitib, ko‘p musulmonlar gunahkor bo‘lmoqdadur.

Uchinchi, dallol va yalochi masalasidurkim, muni haromlig‘idin ziyoda zararlari ham bor. Chunonchi bir hovlida yalochi o‘ynasa, jami’ xotunlar ani atrofida turub o‘rtag‘a ma’jusiy otashparastlardek otash yoqurlar, ba’zi joylarda ul badkirdorlarning o‘yinini erkaklar ham bir tarafda turub tomosho qilurlar va ba’zi nodonlar qo‘llarig‘a tanga olib o‘yunchisini choqirib, bir a’lo fohishabozlik qilurlar. Bularning bu ishlarini bo‘lak mastura xotunlar ko‘rib tururlar. Mazkur erkaklarning bir ko‘zlari o‘yunchida bo‘lsa ham, bir ko‘zlari boshqa xotunlarda bo‘lur, hosili kalom, toqati islomiyatdan xorij bir xilof shar’idurki, buni shafe’i va davomi aholii islomni g‘ayrat va hamiyatdin butun-butun judo qilur. Bas, bu af’oli qaboyihlarni fasxiga ulamolar ko‘shish qilmasalar, bu ishlarni shar’an joiz ekonlig‘ini avomunnosg‘a bildurmasalar, avomunnos bul xilofi shar’iy ishlarni istihlol va istihfonida mudovomat qilsalar kerak va bul e’tiqod fosidalari bora-bora ulamolarg‘a ham ta’sir qilsa, bul xilofi shar’ilarda avomunnosg‘a mutobaat qilsalar kerak, balki mutobaatlari ham ko‘rinmakdadir. Hattoki ba’zi ahli ilmlar bu ishlarni javoziyat va shar’iligini tavajjuh qilmoqdadurlar. Yo rab, munday faso axloq va munday behamiyatlikdurki, shunday xilofi shar’ilarni man’ig‘a ellik-oltmish ming musulmondin bir g‘ayrat sohibi topilmas.

«Taraqqiy», 1906 yil, 3 fevral

Keyingi bob →