II-qism

Har besha gumon mubarki xolist, shoyadki palang xufta boshad. Mazmunicha: g‘ayrat va hamiyat sohiblari alhamdulilloh mavjuddurlar. Chunki bundin muqaddam bazm va yalochilar haqida yozg‘on maqolamizni «Taraqqiy» sahifasida o‘qug‘on kishilar xattiki muhofizi shar’iyi sharif bo‘lg‘on qoziyi islomimiz bul to‘g‘rida izhori mamnuniyat qildilar. Ba’zi mahallalarda ijtimo’ bo‘lib, har kim to‘yida bachcha va yalochi o‘ynatsa, mahallag‘a qo‘shilmasun va aralashmasun deb fotiha o‘qug‘onlari eshitildi. Bul janoblarning amsollari ko‘paymog‘ini samim birla vojibul vujuddin tilab va istido’ qilib dermizki, borakolloh, yashosun g‘ayrat, yashosun hamiyat, olami islomiyat. Bul tariqa xilofi shar’ilarni man’ig‘a eng avval g‘ayrat qilg‘on janoblarni tabrik va tahsin qilib, boshqa mahallalarning ham bul janoblarg‘a lohaq bo‘lmoqlarini iltijo qilurmiz. Ammo fuqarolarni sohibi g‘ayratlari «palang xufta» manzallasidadurlarki, «palang xufta»ni quvvati hech yerga yetmas. Misola, bir mahalla imomi yo ellikboshisi bosh bo‘lib man’ qilsalar, ikkinchi mahallag‘a ta’sir qilmas, ikkinchi mahallag‘a ta’sir qilsa, uchinchi mahallag‘a yo‘l topilmas va bul xilofi shar’ilar chunon shoyi’ bo‘lmishdirki, ba’zi behamiyatlar mahallag‘a qo‘shilmaslikg‘a rozi bo‘lib, bazm va yalochini tarkig‘a rozi bo‘lmas, chunki ota-bobolaridin qolg‘on rasm emish, bas, bul rasmi qabihalarni man’ va fasxi ulamoyi zulehtirom va quzzoti islom va hukumatdoron neknomlarimizg‘a lozimdurki, bul janoblar har bir ijtimo’larida ittifoq qilib, falon va falon ishlarni muxolifi shar’iyyi sharif bo‘lgon vajhidin man’ qilduk va har kim qilsa falon jazog‘a mustahiq bo‘lur, deb hukm qilmoqlari birla bul xilofi shar’ilar butun oramizdin ko‘tarilib va bul ishlarni sababi birla dunyo’i va oxiratda sazovori oxiri azim bo‘lmoklarida shar’an va aqlan hech shubha yo‘qdir. Yahudiylar zabihni man qilmoq to‘g‘risida qilg‘on hamiyat va jasoratlari butun Turkiston mamlakatig‘a ta’sir qilg‘ondek buni ham ta’siri butun Turkiston mamlakatig‘a xususan, Farg‘ona muzofotlarig‘a ta’siri ma’lumimizdur. «Xayrun nos man yanfa’n nos» — hadisi sharif maolincha, sifoti xayrunnoslik birla mutassif bo‘lmoqlarida ham shak yo‘qdir. Zeroki, bul ishlarni man qilmoq — musulmonlarni din va dunyolarig‘a foyda yetkurmakdur. Dunyolarig‘a foyda shulki, bul xilofi shar’ilarini sababidin oxiratda tortadurg‘on do‘zax azoblaridin xolos bo‘lurlar, dunyolarig‘a foyda shulki, bachcha va yalochini bir kechalik muzdig‘a beradurg‘on o‘ttuz-qirq so‘mlari o‘z kissalarining manfaatig‘a qolur.

Hamadin bul moddasi ajabroqdurki, muxolifi shariat va bid’at bo‘lg‘on badbaxt va bachchalarni muzdlari o‘ttiz so‘m, qirq so‘m bo‘lib, kuyov-kelin qo‘shulmoqlarini xiltig‘a eng amada zarur bo‘ladurg‘on xutba o‘qug‘uvchi imom afandilarimizni muzdlari yigirma tiyin yo o‘ttiz tiyin birla bir o‘n tiyinlik dastruymoldir. Yo rab, munday betartib va benizomlik bo‘lurmu.

Faryod az zamonai bemehr kaj harom,

Xunrezi jonistoni g‘amangez benizom.

«Taraqqiy», 1906 yil, 7 fevral