Qissai Sayfulmuluk
Majlisiy
1-qism
Kishiga ishq agar hamroh bo‘lsa Gadodur ul agarchi shoh bo‘lsa
Ki bo‘lmas ishqqa ham kufru iymon Na sabr anda na kofir na musulmon.
Suyuk suygan ko‘ngilni uzsa bo‘lmas Oning to ko‘rmaguncha tuzsa bo‘lmas.
Vale oshiq kerakim bo‘lsa sodiq Shaxanshohdek muhabbat birla oshiq.
Firoq og‘ushi anga shahdu sharbat G‘ami qayg‘u anga aysh ila ishrat.
Erur chun ishq dunyoi muazzam Kira olmas anga har qaysi odam.
Muhabbat sharbatin ichgan unutmas Anga har kim nasihat qilsa tutmas.
Muhabbat bahri oshiqlar yeridur Anga kirgan daxi erning eridur.
Shoirning so‘zga kirgoni.
Necha kunlar parishon erdi holim Yo‘q erdi hech kimla qilu qolim,
Musofir erdimu dilgiru purg‘ash, Musohiblar firoqida mushavvash.
Yo‘q erdi hamnishinim g‘ayri ohim. Xudo bo‘lub edi dildoru shohim.
Xayolida aning shomu sahargoh, Yurakdin qon ichib, yuz nolayu oh.
Firoqida ko‘zum yoshi qurumay Yurur erdim kecha-kunduz uyumay.
Tushumda kavkabi toli’ tului, Bo‘lub paydo manga bo‘ldi rujui,
Jahon bo‘ldi manga misli chirog‘dek, Qorong‘u kecha bo‘ldi ham chirog‘dek.
Saodatg‘a chu mujda berdi folim, Yana behbudlig‘a yuzlandi holim.
Uchub ketkan charog‘im g‘ayra yondi, Ko‘ngul g‘aflatda erdi ham o‘yondi,
Ki nogoh bir kuni jonon yo‘luqti, Bu miskin bandaga sulton yo‘luqti,
Ko‘rushti jon kelib bu jism birla, Ki so‘rdi bandani bu ism birla.
Dedikim: «Majlisiy, holing nechukdur? Firoq o‘tida ahvoling nechukdur?»
Yigitlik vaqti erdi so‘z manda, Bor erdi bir «Gulu Navro‘z» manda.
Qilib qullug‘ tavozu’ yor sori, Boqib turur edim dildor sori.
Tuta berdim ochib ko‘rdi ani yor, O‘qudiyu ochildi bog‘u gulzor.
Chu ko‘rdi nazm poki turki til ul, Mani devonag‘a ko‘rsatdi bu yo‘l.
Solib boshimg‘a yuz turluk bu savdo, Tushub ko‘nglumga ming turluk bu g‘avg‘o.
Chiqardi qo‘ynidin bir dostone, Ne doston bo‘lg‘ay ul bir bo‘stone.
Ichinda ming tuman gullar ochilgon, Latofat bahridin gullar sochilg‘on.
G‘aroyiblar aning ichinda bisyor, Eshitsangiz ajoyib so‘zlari bor.
Vale ul forsiyu nasr erdi, Taqi bu dahrda ham qasr erdi.
Dedikim:—«Majlisiy, bekor turma, Ki men shoirdu(r)man deb lof urma.
Agar bordur hunar ilgingda ko‘rsat, Ki bu daftarni turki tilga tuzat»,
Buyurdikim «Gulu Navro‘z» nazmin Anga mezon qilibon nazm qilg‘in.
Chu yorlig‘ ettiyu turdiyu ketti, Ko‘ngulning bahrig‘a kirdiyu botti.
Tilab himmat muhabbat haydaridin, Chu oldim pardani tab’im ruhidin.
Bu so‘zning hurmatin barjoy qildim Yuragim shavq tig‘i birla tildim.
Bag‘ir qonini ham yerga tomuzub, Qalam chashmasidin suvlar oquzub,
Qurug‘ yerda guliston sabz qildim, Ki oshiqlarg‘a bo‘ston sabz qildim,
Chu himmat birla yorim yor bo‘ldi, Xayol etganlarim gulzor bo‘ldi.
Musohiblar ko‘rubon yod kilg‘ay, Buzuq yerlarni ham obod qilg‘ay.
Ketur, soqiy, piyola, no‘sh etoli, Taqi qaynar qozondek jo‘sh etoli.
Eshiting o‘quyun bir yaxshi qissa, Ajoyib qisai pur dardu g‘ussa.
Asl dostonga qaytish.
Rivoyat qildi rovi asli so‘zni, Ko‘rub Sulton Mahmud noxush o‘zni.
Necha kunlar ajoyib tiyra bo‘ldi, Uzori oftobi xira bo‘ldi.
Bor erdi oldida ikki vaziri, Latofat birla yo‘q erdi naziri.
Dedi Sulton: «Ajab oshuftadurman, Bila olmon nega oluftadurman.
Magarkim g‘ussadin savdoyi bo‘ldum, Bu savdo birla ham shaydoyi bo‘ldum.
Qiling bir qissa paydo ovunoyin Uqub andin zamone sevunoyin,
Ki man zshitmagan bo‘lg‘ayman oni, Yana ham ko‘rmagan bo‘lg‘ayman oni.
Chu qildilar anga yuz qissa paydo, Qabul qilmodi birin shohi shaydo.
Vazirlarni tutub zindonga soldi, G‘azab qildiyu havli jonga soldi.
Alarg‘a bo‘ldi zindon baytul-ihzon, Necha kunlar yurakdin oquzub qon.
Chu paydo qildilar ushbu hikoyat, Qabul qilg‘aymu deb qo‘rqub bag‘oyat.
Dedilar: «Bizni zindondin chiqarg‘il, Falon iqlimga bizni yuborg‘il,
Rivoyat qildi munda bizga bir yor, Ki har tansuq hikoyat anda bisyor».
Bu so‘z birla alarni shoh chiqordi, Beribon had’yalar anda yubordi.
Borib anda, bitib ushbu hikoyat, Qilur ishqu muhabbatdin rivoyat.
Keturdilar ani sulton qoshig‘a, Latofatlik hikoyat xon qoshig‘a.
Uqub ko‘rdiyu sulton shod bo‘ldi, Vazirlar ham taqi ozod bo‘ldi;
Chu berdi ham yana bisyor ne’mat, Kilur sulton bu doston birla ishrat.
Qilib har biriga in’om yuz o‘n, Yana berdi alarg‘a ot ham to‘n.
Vale ul nusxa erdi forsi nasr, Erurs oda hikoyat so‘zi ham qasr.
Qilibdur Majlisiy bu so‘zni pardoz, Uqusangiz qilur jon qushi parvoz.
Og‘oz kardani hikoyat
Kel, ey soqiyki, o‘ltursun piyola, Eshitgil qissai bu so‘zu nola.
Kel, ey shahbozn jon, parvoz kilg‘il, Ki ma’nilik qanoting boz qilg‘il.
Ko‘ngul maydoniga javlon solg‘il, Taqi bir bulbuli xushxon solg‘il.
Ko‘rung bulbul nechuk faryod qildi, Qafasda ham nafas bunyod qildi.
Dedi ul bulbuli ustod axbor Sulaymondin turur, tansuq bu guftor.