AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk2 / 11

2-qism

Kirib oldimg‘a arbobn rivoyat Bayon qildiyu nazm etdi hikoyat.

Shoh Osimiyning ta’rifi

Bor erdi Misr elinda podshohi, Eti iqlim uza oning sipohi.

Aning hukminda erdi to‘rt yuz shahr, Aning adli edi mashhur dar dahr.

Otog‘on oti Osim ibni Safvon Ul erdi yetti iqlim uzra sulton.

Berib erdi xudo jumla murodin Eyib erdi jahong‘a adlu-dodin.

Ul erdi podshohi jumla nqlim, Yo‘q erdi hech yonidin xavf ham biym.

Vale bo‘lmas edi farzand onda, Base armonda erdi bu jahonda.

Bo‘lub umri ani to‘rt yuz yetmish, Bu fursatda xayoliga bu yetmish:

Ki menda bir o‘g‘ul yo‘q yodgori, Ne bo‘lg‘ay taxtu baxtim korbori?

Chu bu andishadin diltang bo‘ldi, Tafakkur birla aqli tang bo‘ldi.

Qilib baytulhazan ma’vo o‘ziga, Ko‘runmas ul ulug‘ beklar ko‘ziga.

Ki chiqmas bo‘ldi ul devon qoshig‘a, Kira bilmas aning beklar qoshig‘a.

Tilak birla tilak ustinda sodiq, Tilaki bir o‘g‘ulu ko‘nglinda xoliq,

Bu holat birla yig‘lab qirq kun shoh, Kecha-kunduz duo birla chekib oh.

Beklar ittifoq qilishib shohga kengash bergonlari

Kengashti bir kuni beklar tamomi, Yig‘ildilar kengashga xosu omi.

Necha ichkilari kirdi qoshig‘a, Qilib qullug‘ tavozu’ hazratig‘a,

Chu ko‘rdilar ajab hol birla shahni. Chekibon jon birla ohu-vahni.

Bo‘lubon gul yuzi chun kahrabodek, Sochi tushub yuziga chun gadodek.

Qilib bag‘ryani g‘am tig‘i jarohat, Ko‘torib ko‘nglidin ayshu farog‘at.

Ko‘rubon barcha beklar qoldi hayron. Yuraklari bu g‘amdin bo‘ldi biryon.

Barisi yig‘lashib xon xazratig‘a. Bari yuz qo‘ydilar sulton qatig‘a.

Dedilar: podshoho, hol nedur? Eshitolik, desang ahvol nedur?

Agar sen chiqmasang, bil, fitna ortar, Chiqar bir ajdaho olamni tortar.

Sening chiqmag‘oningdin qissa budur, Ki nogoh tushmagay olamga bir sho‘r.

Shahanshoh qildi holini mukarrar, Vazirlar bildilar so‘zni muqarrar.

Dedilar sen chiqib taxtingda o‘ltur, Yig‘ib kulli munajjimlarni keltur.

Berarmu, yo‘q sanga o‘g‘ul xudovand, O‘zungni qilmag‘il behuda darband.

Eshitti shoh maqbul ushbu so‘zni. Chiqib taxt ustida ko‘rsatdi o‘zni.

Tayonib taxt uza o‘lturdi ul shoh, Yig‘ildilar munajjimlgr bahargoh.

Qilib har qaysi o‘z ilmini takror, Tafahhus qildilar chun sirrul-asror.

Bo‘lubon muttafiq barcha bir o‘zga, Qo‘yubon barcha ahkomin bu so‘zga.

Yaman sultonining qizini bu shoh, Agar olsa berar farzand olloh.

Eshitib shoh bu so‘zni shod bo‘ldi, Ki bu andishadin ozod bo‘ldi…

Shoh Osimining farzandi bo‘lg‘oni

Saodat birla vaqgi sa’d bo‘ldi, Ham ul soat vujudi haml bo‘ldi.

Tushub davlat saroyig‘a chu sulton, Ulug‘ to‘y etti ne’matlar farovon.

Ado qildi chu shah to‘y mahfilini Ki voqif etti shoh o‘z mgjlisini,

Orig‘ ne’matlaru shirau sharbat, Qilurlar parvarish bonozu ne’mat.

Bo‘lub erdi ajoyib shohzoda, Ani ko‘rsa bo‘lur shahlar piyoda.

Ko‘rub Osim shukur qildi o‘g‘ong‘a. Xazina eshig‘in ochti tumang‘a.

Qo‘yub Sayfulmuluk otini oning, Ko‘rub yaxshi bilib zotini oning.

Shoh Osimiyning vaziri bor erdi, oti Hamid erdi. Bir o‘g‘li bo‘ldi, otini Soid qo‘ydi va ani ko‘kaldosh qildilar

Bor erdi shoh Osimiyning vaziri, Oti erdi Hamidi yo‘q naziri.

Hamidning ham taqi bir o‘g‘li bo‘ldi, Aning husni taqi olamg‘a to‘ldi.

Otadilar aning otini Soid Ki yo‘qtur Misr ichinda ulcha shohid.

Malikzodaga qildilar ko‘kaldosh, Enagalarga aning onasi bosh.

Ikisini qilurlar parvarish ham, Ki yo‘qtur mundin o‘zga yaxshi ish ham.

Ulug‘ bo‘lub, o‘qub ilmu hunarlar, Solib kulliy hunarlarg‘a nazarlar.

Hamisha xurramu xushholu dilshod, Yururlar chun niholi sarv ozod.

Yurur shahzoda o‘yun birla mashg‘ul, Havas qildi atosi fikri ma’qul,

Qilayin chorbog‘i nav niholi Ki teng yetgay muning birla kamoli.

Shoh Osim o‘g‘lig‘a chorbog‘ qildurg‘oni

Chu bunyod etti Osim bog‘i maydon Ki Sayfulmuluk qilg‘ay onda javlon.

Ki bunyod ettilar joyi ajoyib, Solib tarrohlar tarhi g‘aroyib.

Qilib angiz ham bir ko‘shk oliy, Ki andin bo‘lmag‘ay ham aysh xoli.

Latofat birla chun bog‘i bihishtdur Degaysen tuprog‘i anbar sirishtdur.

Ajoyib chorbog‘i xo‘b dilkash, Daru devori xo‘b zebou zarkash.

Agar bo‘lsa kishining ko‘ngli noxush, Anga kirsa bo‘lur filhol dilxush.

Magarkim ul erur chun bog‘i jannat, Base xush bo‘y ediyu jong‘a rohat.

Tamom bo‘ldi bu maydon tozau tar, Aning har mevasi monandi shakkar.

Bo‘lub nozuk hayvonlar xiromon. O‘sub shahbargiyu nasrinu rayhon.

Osilib yuz tuman gullar nchinda, Kilurlar nola bulbullar ichinda.

Suzuk suvlar oqib har sori sharshar, To‘lubon havzlar monandi kavsar.

To‘lub maydon chu qushlar g‘ulg‘ulidin, Xabar berur Iramning bulbulidin.

Sayfulmulukka solg‘on ko‘shkning vasfi bayoni

Eshitgil ko‘shkning avsofini ham, Ki ey shoir qil oning lofini ham,

Bo‘lub tayyor ham bir ko‘shk oliy, Ichinda bo‘lmag‘ay ham aysh xoli.

Ajab ko‘shki latifu xo‘b ajoyib, Base ustodlar solg‘on g‘aroyib.

← Oldingi bobKeyingi bob →