AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk10 / 11

10-qism

Bo‘lub oshiq pariga odamizod, Bu ishni qaysi oqil qildi bunyod?

Bir ayding emdi bu so‘zni demagil, Aning uchun g‘amu g‘ussa yemagil…»

Badiuljamol yashurun borib, shahzodani ko‘rub oshiq bo‘lgoni

Chu ta’rif o‘qi ko‘ksiia tikildi, Muhabbat tuxmi ko‘ngliga ekildi,

Kim ul eldin uyalib noz qnldi, Vale ko‘ngul qushi parvoz qildi.

Bu so‘z ustida ko‘p qildi dalolat, Malika oqibat bo‘ldi xijolat.

Boshin qo‘ydi malika uyqu bosti, Badi’ ko‘nglini ishq o‘tig‘a osti.

Shahanshoh ishqi oxir zo‘r qildi, Parining ko‘nglini pursho‘r qildi.

Chu o‘tti tun yarimi uyqusi yo‘q, G‘ami shahzoda, o‘zga qayg‘usi yo‘q.

Bo‘lub el ko‘zidin maxfiy ravona, Uyuqlab qoldi onda ul dugona.

Qo‘pub keldi ko‘ray deb toza gulni, Yuzini ko‘rdi, oldurdi ko‘ngulni.

Yoqib ishq o‘tini mahga shahanshoh, Egib mehr o‘ti anga urdi bir oh.

O‘zidin bordiyu behush bo‘ldi, Ki ichmay boda ul xomush bo‘ldi…

Shahzoda tashqari chiqib, Badiuljamolni topgoni

Shahanshoh majlisi ham mast bo‘ldi. Surudu sozlar ham past bo‘ldi.

Bori uyqu yeriga qo‘ydilar bosh Vale shahzoda ko‘zidin to‘kar yosh.

Eta bilmay turub tashqori chiqti, Yurub uy tegrasidin kezdi boqti.

Ko‘rar bir nozaninni mast behush, Yotur nozik badan, simin banogo‘sh..

Kelib ko‘rgach tanidi yori sodiq, Ko‘tardi boshiii ul shohi oshiq.

Boshin tiziga oldi, urdi bir oh, Ki uygonmadi uyqusidin ul moh.

Aning ohi dami ko‘ziga tegdi, Ko‘zining yoshi ham yuziga tegdi.

Ki nogoh seskanib keldi o‘ziga, Chu noz ila ilik tutti yuziga.

Dedi kimeen, bu ne gustoxliqdur, Pari shohiga ne gustoxlyaqdur.

Agar ko‘rsa seni bi.r jin bayakbor, Qilur ushbu zamon mayub., afgor.

Ki bo‘ldi, shoh chun jononasidur,, Magarkim sham’ o‘ti parvonasidur».

Chu yig‘lab dedikim: «Shohoki zinhor, Chu sen gamxorasen o‘zga na g‘am bor.

Murodim, maqsadim, ko‘rar ko‘zumsan, O‘n uch yildin beri so‘zlar so‘zumsan.

O‘n uch yildur sening hajriigda afgor. G‘aming birla g‘ariblikda giriftor.

Yuzumga boq mapnng ikki ko‘zumsan. Shakar og‘zingni och, shirin so‘zumsan.

Eshitkan bo‘lgasen bu dardimizni, Rahm qil, ko‘r bu ro‘yi zardimizni».

Suzulub boqtiyu qildi tabassum, Qilibon g‘unchadek bir-bir takallum.

Dedikim: «Odam o‘g‘li bevafodur, Haqiqat bo‘lmas anda purjafodur,

Pariga odam o‘g‘li bo‘lsa oshiq, Ki tuproq o‘t bila bo‘lurmu loyiq?»

Malikzoda dedi: «O‘rtansa tuproq, Qilur o‘tqa tahammul bo‘lsa tuproq».

Chu ko‘rdi shohning ishqi haqiqat, Qilibon shart bog‘ladi muhabbat.

Muhabbat birla ichti sharbati ahd. Biri-biriga so‘ndilar shakar-shahd.

Iliklarin solib bo‘yunlariga, Falak etib hasad o‘yunlariga.

So‘rub dardiga darmon lablaridin, Shifo topti, qo‘ngul og‘riqlaridin.

Nechukdin g‘ofil erdi ushbu gardun, Murodig‘a yetishti ul jigar xun.

Agar ma’shuqdin bo‘lmas ishorat, Ki oshiqqa yana bo‘lmas bashorat.

Agar ma’shuq mayli yo‘q, bilingiz, Eta bilmas anga ushshoq hargiz…

Shahbol qizig‘a to‘y yarog‘in qilg‘oni

Ayo rovi, keturgil yaxshi doston, Bu daftar oxirini qil guliston.

Dedi rovi: qish o‘tubon kelib yoz, Ko‘ngulda g‘am xumori may ichib yoz,

Ko‘nguldin ko‘tarib Shahbol g‘amini, Yasab, tuzab gulistoni Eramni.

Qilib angiz emdi to‘y yarog‘in, Yasab erdi saroyu ko‘shk, bog‘in.

Kelib Badi’jamolu ham malika, Eram bog‘ig‘a ul ikki jonika.

Ki Soid ham kelibon shoh qoshig‘a, Bo‘lubon munis ul yolg‘uz boshig‘a.

Chu Shahbolbonu o‘g‘lum dedi shahni, Dedi men to‘y etarman mehru mahni.

Yarog‘in qildi guftu go‘y birla, Keturdi to‘y hoyu hoy birla.

Tikibon borgohi xisravona, Quloq eshitmagan bir shomiyona.

Utog‘, uy qilibon ul borgahni, Murassa’ taxtga o‘lturg‘uzdi shahni…

Keturdilar sharobu boda rangin, Gazak nuqli kabobu shahd shirin.

Yig‘ildilar parizodu gulandom, Tutub soqi navo sozi dilorom,

Ki bor xushbo‘y anbar benihoyat, Eram bog‘i bo‘lub hushbo‘ bag‘oyat.

Parilar nag‘malarni soz qildi, Ko‘ngul bulbullari parvoz qildi.

Chalib sozandalar noz ila sozin, Qilib nag‘maga soz ovozlarin.

Parilarning o‘yuni bu mazoqi, Bo‘lub miskin basharlarning tuzoqi.

Bularning charxidin bu charxi gardon, Kecha-kunduz qilur shavqila javlon.

Falak urdi bu to‘yda zavq charxi, O‘yunchi charxlarning sindi charxi.

Yoqar har kecha to‘lun oy mash’al, Tong otquncha yonar bu uyda mash’al,

Tikib oltun alam sultoni dovar. Urar gulbong o‘shul xurshedi xovar.

Atorid naqsh bog‘lar soz ichinda, Qilur naqqoshlik ovoz ichinda.

Bo‘lubon Mushtari Zuhrag‘a damsoz, Karashma birla dast aidozu iurnoz.

Zuhal bog‘lab belin xizmatqa quldek, Supurub eshikin har kunda guddek.

Musallah oldida Mirrixi xunrez, Ki to‘kkay dushmanining qonini tez.

Maishat birla mashg‘ul jinn ham boz, Tafarruj birla Zuqra najm hamsoz.

Eb-ichib necha kunlar shakkaru shahd, Kishi aqli nikohi mehr ila ahd.

Ki oxir bo‘ldi to‘yu elga ruxsat, Bo‘lub vaqti qo‘shulsa fathu nusrat.

Saodat birla davlat yor bo‘ldi, G‘arib shahzoda barxo‘rdor bo‘ldi.

← Oldingi bobKeyingi bob →