11-qism
Tushubon shamsi xovar manziliga, Ijozat bo‘ldi kulli mahfiliga.
Chu xilvat bo‘ldi shahzoda bir uyda, Yig‘ildi xos mahramlar bir uyda.
Enaga birla uy qizlarina boq, Parilar yuzlari gul, tuslari oq.
Ishilib keldilar gul bargin olib, Shahanshohg‘a sarvi siminni olib.
Enaga kelturub topshurdi jonin, Qabul etti chu shoh ruhi ravonin.
Murodig‘a yetishib ko‘ngli tindi, Falak ko‘rub uyottin bo‘yni sindi.
Na xushdur emgak ichra topsa rohat, Chu marhamdur, tutashsa gar jarohat,
Hasad birla zamona qoldi hayron, Hasadxo‘rning yuroki bo‘ldi larzon,
Na xush kundurki g‘amgip shod bo‘ldi, Buzuq ko‘ngul yana obod bo‘ldi…
Na hush kundur o‘shal kun g‘am tugona, Jafokashlar vafo ko‘rub quvona,
Buyursun, ko‘zi, ko‘ksi dilbarining, Bori ko‘rsun vafosin dilbarining.
Nechukkim shoh ko‘rdi yor vafosin, Vale chekti ajoyib ko‘p jafosin.
Jafo chekmay kishiga rohat o‘lmas, Agar kuymas o‘tung‘a jo‘sh bo‘lmas.
Chu dehqon chekmasa javru jafosin, Emishlarning kishi ko‘rmas vafosin.
Jahonda javrlar oshiq uchundur, Vale, bilgil, alar loyiq uchundur.
Saodatdur muvofiq yori sodiq, Munosib bo‘lsa hushdur ikki oshiq.