AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk4 / 11

4-qism

Surohi hasratingda qon yig‘lar, Kuyar sham’i taqi hayron yig‘lar.

Mening oldimda chang bo‘ldi duto ham, Qilur nolish mening holima yeb g‘am.

Fig‘on aylab rubobi yod qilur, Urar ko‘ksigayu faryod qilur.

Uzotub bo‘ynini bechora tanbur, Mening holimga yig‘lar nolishin ko‘r.

Kuyar ohpmg‘a udu ham musiqor, Bo‘lub dardimg‘a qonun ko‘ksun yirtor

Tamomi sozlar bo‘lub havodor, Bari yuzum ko‘rub holimg‘a yig‘lar…

Bo‘lub shahzodaning rangi xazondek, Aqiqiy lablari chun za’farondek.

Ketib aqlu qaroru sabr ondin, Kechib bu taxtu baxtu bu jahondin.

Base ojiz bo‘lub oning atosi, To‘kar, ko‘zdin yurak qonin anosi.

Kecha-kunduz bu g‘am birla giriftor, Aning holig‘a ahli Misr yig‘lor,

Anga har kim nasihat qilsa tutmas, Qatig‘dur ishq, o‘gut metindin o‘tmas.

Kishiga ishq agar hamroh bo‘lsa, Gadodur ul agarchi shoh bo‘lsa,

Ki bo‘lmas ishqda ham kufr-imon, Ne sabr anda, ne kofir, ne musulmon

Ko‘ngulga ishq agar kim zo‘r qilur, Bas oqil ko‘zini ko‘r qilur.

Vale oshiq kerakkim bo‘lsa sodiq, Shahanshohdek muhabbat birla oshiq.

Firoq og‘usi anga shaxdu sharbat. G‘amu qayg‘usi anga ayshu ishrat.

Erur chun ishq daryoyi muazzam, Kira olmas anga har qaysi odam.

Muhabbat bahri oshiqlar yeridur, Anga kirgan taqi eriiig eridur.

Muhabbat sharbatin ichkan unutmas, Anga har kim nasihat qilsa tutmas.

Kerak oshiq chiroyi za’farondek, Nigori fikrida bargi xazondek.

Shoh Osim beklari birla kengashib, o‘g‘lig‘a safar qilg‘oni

Chu ko‘rdi shoh o‘g‘lining mizojin, Nasihat birla topmaydur ilojin.

Yuboray desa ko‘ngul uza bilmas, Yuborsa o‘tig‘a ham tuza bilmas.

Ul oxir bog‘ladi bag‘rig‘a bir tosh. Suzuk nargislariga to‘ldurub yosh.

Kengashdi beklari birla o‘turub, Dedi betaar dalillar ham keturub,

Ki: «Shohi sen taqi mardona bo‘lg‘il, Yuroking berkitib shohona bo‘lg‘il.

Muningdeklar jahonda erka tushar, Eson bo‘lsa er o‘g‘lig‘a ne tgushar.

Ki barcha qo‘ydilar so‘zni bu yerga, Ki mundoqlar tushar har qayda erga.

Qolin cherik taqi bermoq keraksiz, Talab yo‘lig‘a yubor-moq keraksiz.

Safarning mehnati ham pand bo‘lur, Agarchi topmasa xursand bo‘lur»,

Chu Osim ko‘rdi hech tadbir yo‘qtur, Yubormoqdin o‘kun dastgir yo‘qtur.

Dedi sulton: «Qiling daryo yarog‘in, Kerakkim suvda ham so‘rg‘ay so‘rog‘in».

Buyurdi to‘rt yuz kema chopinglar, Ki har kemada yuz hujra yopinglar.

Keturdilar kema chopquchilarni, Kemada hujralar yopquchilarni.

Hama ishni qilibon el farovon, Ki yuz ming xalq tortib anda ko‘p jon.

Mukammal bo‘ldi kulli kema, hujra, Ki berdilar kemachilarga ujra.

Yig‘ib kelturdilar daryo labina, Muhit otlig‘ chu nopaydo olina.

Sayfulmuluk kema xalqi birla Chin viloyatig‘a yetishkoni

Ayo rovi, kel emdi, qil rivoyat, Ne surat birla ul qildi hikoyat.

Dedi roviki andin tebradilar, Kecha-kunduz kemalar tinmadilar.

Vale ishratlarining hech soni yo‘q, Ki bu qaynar tengizdin hech g‘ami yo‘q.

Ki yuz ming jo‘sh urub bu bahr qaynar, Malikzoda baliq ovini ovlar.

Kecha-kunduz icharlar lolagun may, Kecha-kunduz nechuk o‘tkanni bilmay.

Kemadin kemaga yurub icharlar, Gazakka baliq etidin osharlar.

Surub mallohlar kishtini turmay, Kecha-kunduz yururlar hech uyumay…

Dedilar:—«Chinda xo‘b naqqoshlar bor, Jahongashta hikoyat foshlar bor,

Eshitgan bo‘lg‘ay ul savdogar ahli, Taqi ul suratin suratgar ahli»,

Bu so‘z birla Xitoyga qo‘ydilar yuz, Xudo qildi inoyat yelini tuz.

Besh-olti oy o‘tub yettilar onda, Ki hech tashvish ko‘rmay bu jahonda,

Yaqog‘a torttilar kulli kemani, Chiqardilar suvdin bori nimani.

Muazzam chatr tikdi, yana xirgoh, Chiqibon taxt uza, o‘lturdi ul shoh.

Xaloyiq tikdi chodir necha alvon, yiroqdin ko‘rdi bu cherikni didbon.

Oshuqub yetti ul Fag‘furi Chinga, Dedikim, «Yog‘i kirdi mulkingizga».

Bu so‘zdin shohi Chin bo‘ldi pur osho‘b, Basi tushdi, xaloyiqqa taloto‘p.

Qilibon qal’alarni rust mazbut, Yasadi elchilar yuborgali zud…

Fag‘furi Chin shahrin tuzub, Sayfulmulukni mehmon qilg‘oni

Qilib Fag‘furi Chin majlis yarog‘in, Yasatti shahrini ham ko‘shku bog‘in.

Chiqib keldi, o‘zi qildi ko‘runush, Ani chorlab dedi: «Taxtim uza tush»,

Malikzoda qabul qildi bu so‘zni, Yasadi jo‘ralarni ham chu o‘zni.

Asosi saltanat ko‘rguzdi sulton, Otoliqlar bila ham bo‘ldi mehmon.

Berib suhbat bularg‘a shoh Fag‘fur, Kelib bir hafta Chin mulkini ma’mur.

Qilib shahzoda ham sirrini izhor, So‘rub kulli xaloyiqdin bu axbor,

Ki hech kim bilmadi bu so‘zning asling. Dedilar kim bilur Shahbol naslin?

Vale bir pir bu shahning hazratina, Dedi shahri erur otn Fatina.

Eshitibmanki xo‘b naqqoshlar bor, Jahongashta hdkoyat foshlar bor.

Dedi shahzodakim necha yiroqdur? Uluklar derki bir yillik yiroqdur.

Agar tuz- yel turub, malloh sursa, Etar bir yidg‘a tuzluk yel bo‘lsa„,

Shahzoda Fatina shahriga yuzlanib, kemalari g‘arq bo‘lg‘oni

Kel, ey rovi, rivoyat qil bu qissa, Nechuk tushti malikzodag‘a g‘ussa?

Dedi roviki ish bisyor bo‘ldi, Basi mehnat bila afgor bo‘ldi.

← Oldingi bobKeyingi bob →