AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Qissai Sayfulmuluk3 / 11

3-qism

Qilibon xishti rangin za’faroni, Aning balchig‘idur, za’far samoni.

Necha turluk latofatlar desang bor, Malohat birla suratlar desang bor.

Ajoyib ham g‘aroyib ko‘p munaqqash, Necha boqsang boqarsan xo‘b dilkash.

Ajab qasri balandu sof oltun. Murassa’ la’l, marjon, durri maknun;

Chu yoqutu aqiqu xisht parchin. Bular birla imorat bo‘ldi rangin.

Ki parchin xishtdur chun nuqrai xom, Qilib muncha takalluf birla itmom,

Ki qilg‘ay shohzoda anda ishrat: Pari ruxsorlar birla maishat.

Shoh Osim o‘g‘lini chorlab, to‘n, yuzuk bergoni.

Falak nogah bir ish angiz qildi Ki Osim mehrini ham tez qildi.

Falakni ko‘r alarg‘a ne solodur, Ki yolg‘uz o‘zicha elga balodur.

Muningdek aysh etib yururda nogoh, Ki chorladi ani nogah shahanshoh.

Atosig‘a g‘araz o‘g‘lini ko‘rgay, Sevib anga yuzuk ham to‘nni bergay.

Tiladi o‘g‘lini kelsun ko‘ray deb, Niholi sarvg‘a ziynat beray deb.

Eshitgach shohning so‘zin malikzod, Ravon bo‘ldi turub chun sarvi ozod.

Pari yanglig‘ topuqchilar qatinda, Tavozu’ qildilar shoh qopuqinda

Tilab edi o‘z o‘g‘lini qotig‘a, Yaqindurkim ani suqsa joniga.

Kelib o‘lturdi Soid o‘trusinda, Hamisha nozir erdi didasinda.

Alarni ko‘rdi shoh, xursand bo‘ldi Dilu joni muhabbat birla to‘ldi.

Buyurdi xaznachig‘a xaznani och, Falon sanduqni keltur, qulfini och.

Keturdilar anga oltun sanduq, Ki bir to‘nu yuzuk, o‘zga nima yo‘q.

Chu to‘n birla yuzuk o‘g‘lig‘a berdi, Kishi bilmas bu to‘nda ne bor erdi.

Miroxurg‘a buyurdikim falon ot, Ne otdurkim degaysan bir parizot.

Keturdi otniyu Soidg‘a berdi, Ki Soidni o‘g‘uldek sevar erdi.

Turub shahzoda ham Soid aviljab, Tavozu’ qildilar xon ko‘nglin ovlab

Ijozat bo‘ldi, turdi shohzoda, Parilar bo‘ldi oldinda piyoda.

Chu shoh in’om qildi sevariga, Vale o‘t soldi oning ko‘ylariga.

Etib in’om agarchi qildi xurram, Ne bilsun anda ermish yuz tuman g‘am.

Sayfulmuluk ul to‘nda bir surat ko‘rub, oshiq bo‘lg‘oni

Ajab qissa rivoyat qildi rovi, Xabar bo‘ldi jahonga to‘ldi jovi.

Atosining qoshidin chiqti shahzod, Xiromon tebradi chun sarvi ozod.

Kelib tushti o‘zining manziliga, Qo‘shuldi ul parilar mahfiliga.

Yoqib mash’al chu suratxonalarg‘a Muhandislar kirib afsonalarg‘a.

Tamomi hujralarda sham’ ravshan, Qilib ul ko‘shkni monandi gulshan.

Ichar boda har uydin uyga yurub, Yurur farroshlar yo‘lin supurub.

Sevinib ushbu kecha ichtilar may, Yiqildi har kishi o‘zini bilmay.

Vale shahzodaning ko‘nglida erdi, Ochib ko‘rgay bu to‘nda ne bor erdi,

Eshib bo‘qchani, to‘nni oldi ko‘rdi, Ki bir surat ko‘rubon oh urdi,

Tura keldi yana bir uyga bordi, Yana ko‘rgach o‘zidin o‘zga bordi.

Tafarrujlar qilur ul to‘ng‘a bisyor, Necha boqqon sari bo‘ldi giriftor.

Ne to‘ndur ulki jonining balosi, Bo‘lub ko‘ngli bu to‘nning mubtalosi.

Bor erdi to‘nda bir surat munaqqash, Bo‘yi boshdin ayog‘ ra’nou dilkash.

Yuziga boqsa ul go‘yo kuladur, Ani ko‘rgan sayi joni kuyadur,

Erur rangi ruxi gulbargi tardek, Labi la’li aning shirin shakardek,

Degaysan og‘zidur chun g‘unchayi gul, Yuzida to‘lg‘onib ul zulf sunbul.

Qoshi yodek qurlub o‘q otarg‘a, Ani ko‘rganda sabri yo‘q etarg‘a.

Xadang kirpiklari monandi nishtar; Magar suv berdi ustodi chu xanjar.

Bo‘yi gulning niholidek egilur, Bo‘lub halqa sochi go‘yo chigilur.

Niholi sarvdekdur qaddi mavzun, Labi la’lu tishi chun durri maknun

Ko‘ziga boqsangiz — ko‘zi suzulur, Bo‘yi nozik, magar beli uzulur.

Ko‘rub shahzoda mundog‘ surati xo‘b, Yuziga yuz qo‘yar og‘zini o‘pub.

Na suratkim baloyi jon ekandur, Baloyi jon, vale jonon ekandur.

Eqildi ishq o‘ti joniga shahning, Qadaldi mehr o‘qi bag‘rig‘a shahning…

Sayfulmtslik yig‘lab, otasidin ijozat tilagoni

Dedi shahzoda yig‘lab: «Ey jahondor, Mening uchun base bo‘ldung dilafgor,

Oyog‘ing to‘zi ko‘zum to‘tiyosi, Unutilmas bu surat mojarosi,

Uyatni o‘rtada ishq o‘ti, ey shoh, Uchurdi nomusim sham’ini bu oh.

Agar shamsu qamarni arz qilsang, Borib huri bihisht olib ketursang.

Menga ondin o‘kun jonon kerakmas, Menga onsiz bu tanda jon kerakmas.

Ijozat bersangiz o‘zum tiloyin, Yurub, istab, oni o‘zum bo‘loyin».

Onosi oh urub, chiqti qoshidin, Yaqosin suv qilib ko‘zin yoshidin.

Bo‘lub Sanfulmulukka g‘am musohib, Qadim ichkilariii qildi g‘oyib.

Bo‘lub shahzoda bu surat gadosi, Bo‘lub bo‘ston saro motam sarosi.

Atosi chiqdi, o‘g‘li qoldi yolg‘uz, Ul angiz etti bir afg‘oni dilso‘z.

Sog‘inib hardam ul suratni shahzod, Chiqardi jonidin yuz ohu faryod.

Xamin aytur seni qaydin tiloyin, Eram bog‘i nishonin ne biloyin.

So‘rog‘ingni seni kimdin so‘royin, Jamolingni sening qaydin ko‘royin.

Ne qilay, kimga aytay holu, dardim. Senga tegura olmon ro‘yi zardim.

Kim eltur bu xabar bog‘i Eramg‘a Kim aytur hol dardim ul sanamg‘a…

Yurak qonim sharobim, hamdamim oh, Bag‘ir bo‘ldi kabobim, mash’alim moh.

Sening ishqing o‘tida may urar jo‘sh, Bo‘lur sarvi sihi fikringda behush.

← Oldingi bobKeyingi bob →