Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom
Abdulla Avloniy
Muqaddima
Odam alayhissalomdin Muhammad alayhissalomg‘acha arolarinda o‘tg‘an payg‘ambarlarning qissalari va zuhuri islom.
Usuli jadidaga muvofiq ravishda maktabi ibtidoiyalarimizning uchinchi va to‘rtinchi sinf shogirdlari uchun tartib berilub, Turkiston shevasinda eng mo‘tabar asarlara iktifo qilinub, qisqacha Hazrati Odam alayhissalomdin xilofati roshidin zamonigacha darj qilinub, maydoni intishora qo‘yildi.
(Haq ta’bi mahfuzdir)
Ikkinchi tab’i
Noshiri: «Maktab» kitobxonasi. Rabbi us-soni h. 1331, m. 1913. Savr.
Bismillahir rohmanir rohim!
Oyati Karima: Nahnu naqussu alayka ahsanal qasasi bimo avhayno ilayka hazal Qur’ana va in kunta min qablihi laminal g‘ofilin (Qur’oni karim. «Yusuf» surasi, 3-oyat.).
Manosi: Yo, Muhammad! Biz Qur’onni senga vahiy qilub, qissalarning go‘zalini hikoyat qilamiz, agarchi biz qissa qilmasdin ilgari bu go‘zal qissalardin xabarsiz bo‘lsang ham.