9. Hazrati Lut alayhissalom

Lut alayhissalom Hazrati Ibrohimni qarindoshlaridurlar. Ibrohim alayhissalom ila birga Misrga, andin Shomga bordilar. Falastinga kelganlarida Janobi Haq Sadum xalqiga payg‘ambar qildi.

Sadum xalqi bu zamong‘acha Odam bolalari qilmagan fisq-fujurlarni qilur edilar. Lut alayhissalom alarni to‘g‘ri yo‘l ila haq dinga chaqirdilar. Yomon ishlarni tashla-turg‘a harakat qildilar. Qavmlari nasihatlariga kuloq sol-may, qabohat va yomon ishlarni qila berdilar. Hazrati Lut Allohga munojot qilub «Yo, Rab! Meni bu zolimlardin qutqar!» dedilar. Janobi Haq ul qavmni boshlariga toshlar yog‘durub, zilzila birla shaharlarini ostin-ustun qilub, halok qildi.

Lut alayhissalom mo‘minlar ila Makkaga borub, Ibrohim alayhissalom yonlarida ibodat ila umr kechurdilar.