10. Hazrati Ismoil alayhissalom
Ismoil alayhissalom Ibrohim alayhissalomning o‘g‘illaridurlar. Ibrohim alayhissalomni xotunlari Sora bola tug‘mas edi. Shoyad bolasi bo‘lsa deb, Hojar ismli kanizak Ibrohim alayhissalomga berildi. Hojardin Ismoil alay-hissalom tug‘uldilar. Sora bularni ko‘rolmadi. «Birga turarga sabrim qolmadi» deb Ibrohim alayhissalomga arz qildi.
Ibrohim alayhissalom Hojar ila Ismoil alayhis-salomni Makkaga eltub qo‘ydilar. Ismoil alayhissalom Makkada o‘sdilar. Ul vaqt Yamandin kelgan Jarham kabilasi Makka atrofinda turur edilar. Ismoil alayhissalom alar birla qatnashub, alardin uylandilar. O’n ikki bolalari bo‘ldi. Hazrati Ismoilning tillari ibroniy bo‘lsa ham, arabcha so‘zlashurga usta bo‘ldilar. Shul sababli bu kishining avlodlarini «arabi musta’raba» deyildi. «Arabi musta’raba» aslda arab bo‘lmay, arablikni boshqadin oriyat olub arab bo‘luvchi degan so‘zdir.
Janobi Haq Ismoil alayhissalomni Yamandagi Amoliqa xalqiga payg‘ambar qilub yubordi. Atolarining shariatlari uzra qavmlarini ellik yil imonga chaqirdilar. Avlodlari ko‘paydi. Har yerga borsalar zo‘r bo‘ldilar. Amoliqa xalqini turgan yerindin quvub chiqardilar. Yuz o‘ttuz to‘rt yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Hajar degan yerda, anolari Hojar yonindadur.