11. Hazrati Ishoq alayhissalom

Hojardin Ismoil alayhissalom tug‘ulgan zamonda Sora nihoyatda ma’yus, xafa bo‘lmish edi. Shul sababli Janobi Haq qarig‘an vaqtlarida Ishoq alayhissalomni berdi. Ishoq alayhissalom yaxshiliqda, muloyimlikda, ko‘rinishda atolariga o‘xshar edilar.

Janobi Haq Shom va Kan’on xalqlariga payg‘ambar qilub yubordi. Ishoq alayhissalomning Iyas va Ya’qub ismli ikki o‘g‘ullari bo‘ldi. Iyas Ismoil alayhissalomning qizlarin olub, avlodlari ko‘payub, Rum viloyatina yoydilar. Hozirgi Rum xalqi Iyas avlodindandurlar.

Ya’qub alayhissalom atolarining yurti Kan’onda qolub, laqablari Isroil bo‘ldi. Shuning uchun avlodlariga «Bani Isroil» deyildi.

Ishoq alayhissalom yuz yigirma yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Quddusi sharifga yaqin Xalil ul-rahmon degan yerda, atolari Ibrohim alayhissalom yonlaridadur.