13. Hazrati Ayyub alayhissalom

Ishok alayhissalomning Iyas ismli o‘g‘ullarining urug‘indin Ayyub alayhissalom tug‘uldilar. Janobi Haq Ayyub alayhissalomga nihoyatda ko‘b mol va ko‘b farzandlar berdi. Imtihon sinamoq uchun bolalarin o‘ldurub, mollarini halok, uylarini xarob qildi. O’z jonlariga ham nihoyatda bir yamon kasal berdi. Badanlari erub, kurtlar paydo bo‘ldi. Tanlarida go‘sht degan narsa qolmadi. Bu balolarning barchasiga sabru tahammul qildilar. Oxirda Janobi Haq shifo berib, salomatlandilar. Allohu taolo mol va farzandlarini avvalgidin ziyoda qilub berdi. Chekkan mashaqqatlarining ajru mukofotini ko‘rub, to‘qson yoshlarida vafot bo‘ldilar. Bu zoti sharifning Bishr isminda bir o‘g‘ullari dunyoga kelub, o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lub, bu zot ham tezdin bu dunyodin oxiratga ko‘chdilar.