14. Hazrati Shuayb alayhissalom
Hazrati Lut alayhissalom avlodindin Shuayb alayhissalom dunyog‘a keldilar. Janobi Haq Madyan va Aykat xalqiga payg‘ambar qilib yubordi. Shuayb alayhissalomning tillari shirin, so‘zlari ta’sirlik bo‘lsa ham qavmlariga. asar qilmadi. Imon keturmadilar. Janobi Haq Aykat xalqiga issig‘lik yubordi. Issig‘ uch kun turdi, Hamma yilg‘a va buloqlar qaynadi. So‘ngra bir bulut paydo bo‘lub, hamma xalq issig‘din qochub, bulut ostiga yig‘ilganlarida ustlaridin bir o‘t paydo bo‘lub, halok qildi va Madyan xalqi ham bir ovoz ila halok bo‘ldilar. Shuayb alayhissalom mo‘minlar ila Makkaga borub, qolgan umrlarin ibodatda kechurdilar. Ikki yuz yildin ortug‘roq yashab, vafot bo‘ldilar.