17. Hazrati Dovud alayhissalom
Bani Isroil Amoliqa toifasi birla urushmak bo‘lub, Ishmuil alayhissalomdin o‘zlariga bir bosh kishi so‘radilar. Ishmuil alayhissalom Tolutni ta’yin qildilar. Tolut askar birla Falasting‘a borub, Amolika askari birla urushdi. Tolut askarindin Dovud alayhissalom Amoliqa askarining boshlig‘i Jolutni o‘ldurdilar. Bu sabab ila Dovud alayhissalom shuhrat topub, qadru e’tiborlari ortmoqda edi. Tolut hasad qilub, o‘ldurmak bo‘lganda qochib qutuldilar.
So‘ngra bir urushda Tolut vafot bo‘ldi. Bani Isroil o‘n bir qabila Tolutning o‘g‘liga, bir Yahudo qabilasi Dovud alayhissalomga tobe’ bo‘ldi.
Ishmuil alayhissalomdin so‘ng Janobi Haq Dovud alayhissalomga payg‘ambarlik berub, Zabur ismli kitob yubordi. Bani Isroilning hammasini o‘zlariga tobe’ qilub, Quddusi sharifni poytaxt qilub, Halab, Ummon, Nasbin kabi ko‘b mamlakatlarni idora qildilar.
Hazrati Dovud nihoyatda xushovoz edilar. Zaburi sharifni o‘quganlarida eshitgan kishilar behush bo‘lub qolur edilar. Muborak qo‘llarinda temur mum kabi erir edi. Bayt ul-muqaddasni binosini boshlab, tamom qilolmasdin, qirq yil hukumat surub, Hazrati Muso vafotlarindin 530 yil so‘ngra yetmish yoshlarinda vafot bo‘ldilar.