16. Hazrati Yusha’ alaihissalom

Yusha alayhissalom Bani Isroilni cho‘ldin chiqorub, Sharia’ yilg‘asining labiga kelturub, ko‘pruk va kemasiz holda mo‘‘jiza ila suvdin olub o‘tdilar. Bobolarining vatani asli bo‘lg‘an Kan’onga keldilar. Hazrati Muso Misrdin chiqqanlarida Hazrati Yusufning jasadlarin birga olub Tiya sahrosiga keturub, vafotlarinda Yusha’ alayhissalomga top-shirmish edilar. Hazrati Yusha’ Ariho shahrini olub, Nobilisga borub, Hazrati Yusuf jasadlarini birodarlari tarafindin sotilgan yerga ko‘mdilar. Yusha’ alayhissalom Shomi sharifni ham olub, yigirma sakkiz yil Bani Isroilni idora qilub, bir yuz o‘n yoshlarinda vafot bo‘ldilar.