21. Hazrati Yunus alayhissalom
Janobi Haq Yunus alayhissalomni Ninvo xalqiga payg‘ambar qilub yubordi. Qavmlarini imonga chaqirganlarida ikki kishidin boshqa imon keturmadi. Qavmlariga Alloh tarafindin azob kelishin so‘zlab, o‘zlari arolarindin chiqub, Dajla nahrin labiga borub, kemaga tushdilar. Kemachilar kemani yurutmoqchi bo‘lg‘anlarida kema yurmadi. Kemadagi kishilar «ichimizda gunohli kishi bor, shuning uchun yurmas», deb qur’a soldilar. Qur’a Yunus alayhissalomga chiqdi. Yunus alayhissalom Alloh amrin tashlab, Ninvodin chiqqanlari zo‘r gunoh bo‘lg‘anliqin bilub, o‘zlarin daryoga otdilar. Darhol bir katta baliq yutdi.
Yunus alayhissalom baliq qorninda tavba qildilar. Janobi Haq tavbalarin qabul qildi. Baliq qornindin chetga chiqarib tashladi. Tanalari baliq qorninda nafislanmish edi. Janobi Haq yangi quvvat ato qilub, yana Ninvo xalqiga yubordi.
Yunus alayhissalom kemaga tushgan kunlari Ninvoni qorong‘ulik bosub, qavmlari Tavba tepasi degan yerga borub tavba qilmish, Janobi Haq tavbalarini qabul qilmish edi. Yunus alayhissalom kelub, qavmlarini imonga chaqirdilar.
Qavmlari Yunus alayhissalom ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ddin ayrilmadilar.