22. Hazrati Ash’iyo alayhissalom

Yunus alayhissalomdin so‘ng Bani Isroil arosinda sanamlarga ibodat qilmoq kabi yomon ishlar paydo bo‘ldi. Ash’iyo alayhissalom qavmlariga dunyo va oxirat azobin bayon qilub, yomon ishlarini qila bersalar, o‘zlariga qutulish yo‘qlig‘in ma’lum qildilar. Tezdin Iso alayhissalom kelishlarin va Muhammad sallollohu alayhi vasallamning sifatlarin va Bani Isroilni o‘zlariga kelgan payg‘ambarlarga ishonmasdin izo va jafo qilg‘anlarin, Janobi Haq har bir qavmni bir balo yuborub halok qilg‘anin bayon qilg‘anlarinda nodon xalq to‘g‘ri so‘zga ishonmay, ul zoti sharifni shahid qildilar.