25. Hazrati Yahyo alayhissalom
Yahyo alayhissalom Hazrati Zakariyoning qarigan hollarinda ko‘rgan o‘g‘illaridurlar. Atolarindin so‘ng Janobi Haq payg‘ambarlik yubordi. Hazrati Yahyo qavmlarini Muso alayhissalomning shariatlari uzra imonga chaqirdilar. So‘ngra Iso alayhissalomga yangi shariat kelub, Yahyo alayhissalom ham qavmlarin bu yangi shariat uzra imonga chaqira boshladilar. Bir kun Bani Isroil podshoxi Hardus qiz qarindoshini olmak bo‘ldi. Hazrati Musoning shariatlari uzra nikoh qilmakka Yahyo alayhissalomni zo‘rladi. Yahyo alayhissalom nikoh qilmadilar, chunki Iso alayhissalomning shariatlarinda ,qiz qarindoshni olmak harom edi. «Sen nikoh o‘qumading», deb podshoh darg‘azab bo‘lub, Yahyo alayhissalomni qo‘y kabi so‘ydurdi.