24. Hazrati Zakariyo alayhissalom
Zakariyo alayhissalom Hazrati Sulaymon urug‘indin bo‘lub, Bayt ul-muqaddasda qurbonlik qilmak, Tavrot yozmak kabi ishlarga bosh edilar. Janobi Haq payg‘ambarlik yubordi. Farzandlari yo‘q edi. Xotunlari Isog‘ qartayganlari sababli bola tug‘uv ehtimoli ham yo‘q edi. Janobi Haqning inoyati birla bir kun Jabroil alayhissalom kelub, Isog‘din Yahyo ismli bir o‘g‘ul tug‘ilishini xabar berdilar. So‘ngra Yahyo alay-hissalom dunyoga keldilar. Zakariyo alayhissalom yahudiylarning bo‘hton va hujumindin qochub borganlarinda bir daraxt yorildi. Ichiga kirub berkindilar. Yahudiylar izlab kelub, daraxt birla kesub, shahid qildilar.