2. Qobil ila Hobil

Odam alayhissalomning Qobil va Hobil ismli ikki o‘g‘illari bor edi. Qobil o‘zi birla tug‘ushgan Iqlima ismli singlisini olmoqchi bo‘ldi. Odam alayhissalom o‘z shariatlari uzra Hobilga bermoqchi bo‘lganlarida Qobil rozi bo‘lmadi. Odam alayhissalom: «Bo‘lmasa, ikkingiz ham Allohu taologa qurbon so‘yingiz, qaysingizni qurboningiz qabul bo‘lsa, Iqlimani ul olur», — dedilar. Qurbon so‘ydilar. Hobilniki qabul bo‘ldi. Qobil hasad qilub, Hobilni tosh birla urub o‘ldurub, yerga ko‘mdi.

Janobi Haq Odam alayhissalomni o‘z bolalariga payg‘ambar qilub, o‘n sahifa kitob yubordi. Ming yil yashab, Jum’a kuni vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Sarandib-dadur. Bir rivoyatda Makkada Abu Qubays tog‘indagi g‘orda deyilur. Hazrati Havvo Hazrati Odamdin bir yil so‘ngra vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Jidda tog‘indadur.