32. Nashoti Faxri Olam

Faxri olam afandimiz 9 ila 10 yoshlari arosinda amaklari Abu Tolib ila savdogarlik uchun Shom tarafiga bordilar. Busro nomli shaharga kirganlarinda bir savma’ada ibodat qilg‘uvchi Buhayro laqabli Jirjis ismli nasoro rohibi osmon kitoblarinda yozilmish alomatlar yuzasindin Muhammad alayhissalomni payg‘ambar bo‘lishlarindin bashorat berib, Abu Tolibga: «Siz bu zotni Shomga olib bormang, Shomdagi yahudiylarning olimlari kitoblarda yozilmish alomatlardin bu zoti barakotdagi payg‘ambarlik nishonasini bilub, ehtimolki Bani Isroil payg‘ambarlariga qilgan jafolarni bu zoti sharifga ham qilsalar», dedi. Abu Tolib rohibdin bu so‘zdin eshitub, mollarin Busroda sotib, Makkaga qaytdilar.

Yigirma yoshga yetganlarida Quraysh qabilasindin Xadicha ismli bir boy xotun ila sherik bo‘ldilar. Ko‘b mol va Maysara ismli bir qul birla savdo uchun yana Shom tarafina yurdilar. Bu safar ham Busro shahriga kirdilar. Bu vaqt Buhayro vafot bo‘lub, o‘rniga Nastu’ro o‘tirmish edi. Nastu’ro kelib Maysara ila ko‘rushub: «Ey, Maysara! Hazrati Iso xabar bergan oxir zamon payg‘ambari bu zotdurlar. Shomga kirmangiz. Yahudiylar jafo qilurlar», — dedi. Shul sababli bu safar ham mollarin Busroda sotub, Makkaga qaytdilar. Bu safarlarindin bir-ikki oy so‘ng Faxri olam afandimiz Xadicha raziyallohu anhumoni nikohlab oldilar. Shul vaqt payg‘ambarimiz 25 yoshda, Xadicha janoblari 40 yoshda edilar. Hazrati Xadicha nihoyatda boy, aqlli va e’tiborli o‘ldig‘indin Rasuli akram afandimiz tezdin zo‘r davlatga ega bo‘ldilar.

Shul vaqtlarda arab xalqi Ka’bani yangidin bino qilmoq bo‘ldilar. Ka’ba odam bo‘yi devor, usti ochiq o‘lub, ko‘b yerlari buzilmish edi. Shul sababli devorlarin baland qilub, ustini ham yopub, yangidin bino qildilar. Lekin Hajar ul-asvadni o‘rniga qo‘ymak uchun arab qabilalari arosinda g‘avg‘o chiqdi. Har qabila o‘zlarini munosib ko‘rub: «Hajar ul-asvadni biz qo‘yamiz», dedilar. Oxirda masjid enshgindin kim kirib kelsa, shul zotni ushbu da’volariga hokim qilurga qaror berdilar. Shul vaqt epshkdin Faxri olam afandimiz kirub keldilar. Hammalari shod bo‘lub: «Muhammad ul-amin keldilar», — deb, arolarinda bo‘lg‘an maslahatni bayon qilub: «Sizni shul ishga hokim qilduk», — dedilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Hajar ul-asvadni bir chodirni ustiga qo‘ydurub, atrofin har bir qabilaga ushlatub, ko‘tartirub, o‘zlari muborak qo‘llari ila o‘rniga qo‘yub, zo‘r bir da’voni ohistalik ila tamom qildilar.