31. Tarbiyati Rasuli Akram
Makka xalqi avvaldin beri yangi tuqqan bolani havosi yaxshi yerlarda bir sut anoga berub, tarbiya qilurlar edi. Shul sababli Faxri olam afandimiz tug‘ulgan zamon ba’daviy arablardin Bani Sa’d qabilasindin Horis bin Abdul Uzzo xotuni Halima Abi Duayb qizi olub ketdi. Ba’daviylar ichinda sut emizub, to‘rt yil tarbiya qildi.
Bir kun odam suvratinda ikki farishta kelub, ko‘kraklarini yorub, yuraklarindagi buzuq qonlarni olub, o‘rniga nur to‘ldurub ketdilar. Bu voqeadin so‘ng Halima qo‘rqub, anolari Amina janoblariga topshurdi. Halimadin avval Abu Lahab cho‘risi Suvayba ham biroz vaqt emizmishdur. Atolari yo‘q sababli bobolari Abdul Mutallib tarbiyasinda edilar. Abdul Mutallib arablar arosinda mo‘‘tabar va hurmatli zot o‘ldig‘indan nihoyatda kengchiliqda o‘sdilar. Amina janoblari Ummi Ayman ila payg‘ambarimizni birga olub, Makkaga borub, qarindoshlarini ko‘rdilar. Hazrati Abdullohni qabri shariflarin ziyorat qilib qaytishlarinda Madinaga yaqin Abvo’ ismli qishloqda kasal bo‘lub, vafot bo‘ldilar. Ushbu kundin e’tiboran payg‘ambarimiz atodin ham anodin yetim qoldilar. Yoshlari olti yo yettida edi. Makkaga Ummi Ayman quchog‘inda keldilar.
Hazrati Abdulloh Aminadin boshqa xotun olgan emas va Amina ham ikkinchi erga borgan emas. Payg‘ambarimizdin boshqa bolalari ham bo‘lgan emasdur.
Sakkiz yoshlarinda Abdul Mutallib bobolari vafot bo‘ldi va bu suyukli bobolarindin ayrilg‘anlarinda murda yoninda yig‘laganlari rivoyat qilinur. Bundan so‘ng Abu Tolib amakilarining tarbiyasinda o‘sdilar. Abu Tolib ham nihoyatda shafqatli va marhamatli bir zot o‘ldig‘indin payg‘ambarimizni o‘z bolalarindin ham ortuq suyar edi.