37. Badr G’azvasi (urushi)

Ahli islom ila Quraysh qabilasi arosinda bo‘lgan urushlarning mashhurrog‘i Badr urushidir. Abu Sufyon bosh bo‘lub, Shomdin Makka tarafiga qarab bir necha karvonlarni safar qilgani Rasuli akramga ma’lum bo‘lub, onlarni yo‘llarin to‘smak uchun Madinadin 313 sahoba ila barobar Badr ismli yerga qarab yurdilar. Musulmonlarni bu harakatindin Abu Sufyon xabar topub, tezlik ila Makka mushriklariga xabar yuborub, yordam so‘radi. Karvonlarni qutqarmak uchun Makka mushriklari tezdin 950 qadar askar jam’ qilub yubordi.

Lashkari islom ila mushriklarni askari Badr ismli yerda to‘qnashub, shiddatli urush bo‘ldi. Bu urushda Hazrati Hamza ila Hazrati Ali zo‘r g‘ayrat ko‘rsatdilar. Musulmonlar oz bo‘lsalar ham Janobi Haqning inoyati, sahobalarning shijoati soyasinda mushriklarning boshlig‘i vafot bo‘ldi, askarlari yengildi. Musulmonlar zafar topdilar. Bu urush hijratni qirqinchi yili 18-ramazonda voqe’ bo‘lmishdur.