39. Xandaq G’azvasi
Bu urush hijratning beshinchi yilinda voqe’ bo‘ldi. Quraysh mushriklari sahroyi arablardin o‘n mingcha askar yig‘ub, Madinani xarob va musulmonlarni parishon qilmak buzuq niyati ila Madinai munavvarani o‘rab oldilar.
Rasuli akram afandimiz Salmoni forsni maslahatlari uza shaharning atroflariga xandaq (o‘r) kavlatdilar. Shul sababli bu urushga Xandaq muhorabasi deyildi.
Bu sana Madinada ochlik bo‘lub, sahobayi kirom qamal (muhosara) vaqtida og‘ir mashaqqatlar ko‘rdilar. Tezdin ochlik dushman tarafiga ham o‘tub, mushriklarning jonlari siqildi. Hujum qilay desalar, xandaqlardin o‘tishni imkoni yo‘qlig‘indin, ketlariga qaytay desalar, nomus zo‘rlig‘indin hayronlikda edilar.
Bir kecha qatig‘ shamol paydo bo‘lub, chodirlarin buzub, ustlarina tufroq qumlarni sochuvi sababli mushriklar urush maydonini tashlab qochdilar. Ahli islom salomat qoldilar. Bu urushda mushriklarning eng pahlavoni Umar ibn Abdunni Hazrati Ali o‘ldirdilar.