40. Hudaybiya (muohada) kelishuvi
Hijratning oltinchi yilinda Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam afandimiz 1500 qadar sahobalar birla zulqa’da oyinda Madinadin chiqub, haj qilmak niyatinda sahobalarga qilichdin boshqa yarog‘ oldirmasdin Makkaga qarab yurdilar. Mushriklar musulmonlarni Makkaga qarab kelishlarindin xabardor bo‘lub, Hudaybiya ismli yerda yo‘llarin to‘sub, mashvarat qilub, musulmonlarni Makkaga kirishlariga qarshi turdilar. Shul vaqt arolarinda kelishuv bo‘ldi. Ushbu ahdnoma yozildi:
«Ahli islom Makkaga kelur sanada kirsunlar, o‘n sana ichinda aromizda urush bo‘lmasun, haj vaqtinda, musulmonlar Ka’ba ziyorati uchun kelganlarinda mushriklar Makkani uch kun bo‘shatub bersunlar. Islom tarafindin Qurayshga o‘tgan kishi qabul, ammo Qurayshdin musulmonlar tarafina o‘tgan kaytarilsin», deb bir necha shartlar yozildi. Bu ahdnomadagi shartlar musulmonlarga og‘ir kelsa ham, payg‘ambarimizning so‘zlari ila qabul qilinub, oxirda musulmonlarga foydalik bo‘lub chiqdi.