47. Zavjoti Faxri Olam

Payg‘ambarimizning (s.a.v.) olg‘an xotunlari 11 ta bo‘lub:

1. Xadicha binti Huvayliddurki, dini islomni nusrat va taraqqiysina sabab bo‘lg‘anlari uchun musulmonlar tarafindin «al-Kubro» deb laqablanmishlar. Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz ila 25 yil miqdori umr surub, 65 yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Makka shahrinda Hajun ismli yerdadur.

2. Savda Zam’a qizidurki, avvalgi eri Habash hijratinda vafot qiluvi sababli Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanmishlar.

3. Oyisha Abu Bakr Siddiq qizidurki, qizlik holinda Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 9 yil birga umr surub, 18 yoshlarinda beva qolmishlar. 66 yoshlarinda, hijratning 58-yilinda ramazon ichinda vafot bo‘lmishlar.

4. Hafza Umar qizidurki, avvalgi eri o‘lgandin so‘ng Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 60 yoshlarinda, hijratning 45-yilinda vafot bo‘lmishlar.

5. Ummi Salama Abi Umayya qizidurki, avvalgi eri Habash hijratinda o‘lgani uchun Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 84 yoshlarinda, hijratning 63-yilinda vafot bo‘lmishlar.

6. Ummi Habiba Abu Sufyon qizidurki, avvalgi eri nasroniy o‘ldig‘indin andin ayrilub, Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, hijratning 44-yilinda vafot bo‘lmishlar.

7. Zaynab Jahsh qizidurki, Zayd ibn Horis taloq qilgondin so‘ng Rasuli akram (s.a.v.) afandimizga nikohlanub, 52 yoshlarinda, hijratning 20-yilinda vafot bo‘lmishlar.

8. Zaynab Huzayma qizidurki, avvalgi eri vafot qilub, Rasuli akram (s.a.v.) afandimizi eng oxirgi nikohlanmish xotunlaridur. Hijratning 51-yilinda vafot bo‘lmishlar.

10. Juvayra Horis qizidurki, Marisa muhorabasinda asir olinub, Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz ozod qilub, o‘z nikohlarina olgan edilar. 65 yoshlarinda, hijratning 66-ynlinda vafot bo‘lmishlar.

11. Sayfiyya Huayy qizidurki, Xaybar urushinda asir olinmish, Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz ozod qilub, o‘z nikohlarina olmishlar. Hijratning 5-yilinda vafot bo‘lmishlar.

(Inno lillohi va inno ilayhi roji’un).