48. Avlodi Rasuli Akram
Payg‘ambarimizning(s.a.v.) bolalari:
Qosim. Risolatdin avval Madina shahrinda tug‘ulub, ikki yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz bu o‘g‘ullarun ismi ila Abul Qosim deb atalmishlar.
Abdulloh. Bu zot ham sabiy vaqtinda Makka shahrinda vafot bo‘lmishlar.
Zaynab. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) 30 yoshlarinda, eng avval ko‘r-gan qiz bolalaridir. Hijratning 8-yilinda vafot bo‘lmishlar.
Ruqiya. Hazrati Usmong‘a nikohlanub, hijratning 2-yilinda vafot bo‘lmishlar. Qabri shariflari Madinadadur.
Ummi Gulsum. Ruqiya vafotindin so‘ng Hazrati Usmong‘a nikohlanub, hijratning 9-yilinda vafot bo‘lmishlar.
Fotima. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) 41 yoshlarinda ko‘rgan kichik qizlaridur. 16 yoshlarinda Hazrati Aliga nikohlanub, payg‘ambarimizdin (s.a.v.) 6 oy so‘ngra vafot bo‘lmishlar.
Bu olti bolalari Xadichatul Kubrodin tug‘ulub, bir Ibrohim ismli o‘g‘illari Moriya ismli qibtiy cho‘rilarindin tug‘ulmishdur.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) nabiralari: Ali, Umoma, Abdulloh, Hasan, Husayn, Zaynab ismli zotlardur. Ali ila Umomaning anolari Ruqiya, atolari Hazrati Usmondirlar. Hasan, Husayn, Zaynab va Ummi Gulsumlarning anolari Fotima, atolari Hazrati Alidurlar. Hammalari islom bog‘ining guli va jannat chamanin bulbulidurlar.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) amaklari: Hamza, Abbos, Abu Tolib, Zubayr, Abdul Ka’ba, Iydoq, Ziror, Horis, Abu Lahab. Bularning arosinda Abu Lahab payg‘ambarimizga (s.a.v.) nihoyatda dushman va imonsiz o‘ldigindin sha’niga «Tabbat yado Abi Lahab» (tarjimasi: «halok bo‘lsin Abu Lahabning ikki qo‘li, halok bo‘lsin») surasi nozil bo‘lmishdur.
Payg‘ambarimizning ammalari: Otika, Umayma, Bayzo, Barra, Arva, Safiya ismli xotunlardur (Janobi Haq hammalarindin rozi bo‘lsun).