Usmon Nosir: she’rlar

Usmon Nosir

Bag’ishlov

Bog'larga namozgar Salqini tushdi, Gullar nam bargini Qayirdi asta. Oftob ham suv ichar Tog‘lardan pastda, Loladek qip-qizil O’t shafaq o‘chdi.

Ko‘z tutdim Ko‘zlarim nigaron bo‘ldi; O, dilbar, Simbarim, yuzlari qirmiz. Kiprigi ko‘ksiga Soya solgan qiz, Ko‘z tutdim, Yuragim to‘la qon bo‘ldi.

Shabboda bolariday Gulzor uzra sho‘x Oy fonarini Yokdi - qiz oqshom, Yasha! Sen kelding, Sevgilim, Naxshon, Suv qizi - suvsarim, Kipriklari o‘q. Sen kelding, Ko‘nglimga suv kabi okding.

Sen kelding - Ruhimda yashash boshlandi, Sevinchdan ko‘zlarim Behol yoshlandi. Sen kelding, She’rimga chechaklar takding. Sen kelding, Va’daga vafodor malak, Oppoq qo‘lingnimi Siypalab o‘pay? Qora sochingnimi Siypalab o‘ray? Va’da etayinmi, Senga deb falak?

Arzirdi Falakni etsam hadya, Afsus... Fazo menga hali qul emas, Mayli... borimni Aylay armug‘on. Garchi u Ajoyib, asl gul emas, Naxshon, ey yoshligam, Sevgalim, ma, ol!

Ishqimning eng oliy Tuhfasi she’rim. O’qi! Lablaringdan to‘yib emgani, She’rimga berkindi Ataylab mehrim.