Yur, tog‘larga chiqaylik...

Yur, tog‘larga chiqaylik, Mayli, yur! Eh... qandayin chiroylik Oppoq nur... Olmos kabi oppoq qor Yaltirar. Nega muncha dil oqar, Qaltirar?

Bilasanmi, yoshlik bu - To‘ymagan! Tinim bilmas, go‘yo suv - O‘ynagan... Shuncha a’lo, chiroylik Ko‘ rinur... Yur, tog‘larga chiqaylik. Mayli, yur!