Yurganmisiz birga oy bilan
Yurganmisiz birga oy bilan Oqshom payti ko'm-ko'k o'rmonda? Maysalarga shabnam qo'nganda, Shunday yaxshi tinch bo'lar ekan.
Shitir-shitir o'ynar shabboda, Barglar musiqasi bir shirin... Havo go'yo tiniq,sof boda - Ko'ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo'lib qoldim bu kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha Dilginamni rosa sayratdim.