Dengiz oyna kabi

Dengiz oyna kabi yaltirar, To'lqinlarga suqim oqadi. Oqqush mungli-mungli oh urar, Hazin kuyi dilga yoqadi.

O'tiraman - ko'nglim osuda, Boshim uzra barglar shitraydi. Soyalari limmo-lim suvda Tanga-tanga bo'lib titraydi.

Qanday yaxshi, kechqurun yolg'iz Yursang, ko'ngil asti to'ymasa, Oy go'yoki parishonhol qiz, Sochlarini yozib o'ynasa...

Boltiq dengizi, 1935 yil.