Kurash
Baqirguvchi, o‘kirguvchi bir tovush Botirlarning jon so‘ragan tovshidir. Yiqitguvchi, ag‘darguvchi qo‘zg‘alish Yaqindagi zo‘r kurashning boshidir.
Tentaklardek borar yerin bilolmay, Unda-bunda o‘zni urgan dushmandir. Keng yurakda tura olmay, sig‘olmay Toshib ketgan yo‘qsildagi imondir.
Ulug‘, qattiq ag‘darguvchi bir kurash, Yo bor bo‘lish, yo yo‘q bo‘lish: – Yo‘q yarash!..
Toshkent. 1921, 8-mart