Ona

Parcha go‘sht erdik tug‘ulgan vaqtimizda, Onamizning bag‘ri o‘ldi taxtimizda.

Tutdi emchak shirin uyqudan so‘chib, Kechalar sovuq beshiklarni quchib.

Ikki-uch yil bag‘ri uzra ko‘tarib, Katta qildi o‘zi mehnatda horib.

Jonu dilda asradi bizni suyub, Dedi bizni, boshqa orzuni qo‘yub.

Og‘risa bir joyimiz yig‘lab yurib, Har eshikni kezdi doru axtarib.

Ya’ni, yo‘q bizga anodek mehribon, Sinagi qalqon, bosh uzra soyabon.

Bizga ham lozim ani shod aylasak, Bizga qilgan xizmatin yod aylasak.

1914 yil.