Shevchenko. Vasiyat

O‘lsam mening jasadim Ukrainaga ko‘milsin; Qabrim u keng dalaning Eng o‘rtasida bo‘lsin. Poyoni yo‘q ona yer Va zangori Dnepr Ko‘rinib tursin menga, Vag‘illab oqqan daryo Bilinib tursin menga! Dushman qonini daryo Yuvib oqizgan zamon, Elim topgan kun omon, Qo‘zg‘alarman qabrimdan. Ko‘ming-u qo‘zg‘ang isyon, Kishanlar kul-kul bo‘lsin, Erk jangida dushmanning Qora qoni to‘kilsin. So‘ng ulug‘ oilada Boshlangiz erkin hayot, Sekingina meni ham Yod etib qilingiz shod.

1845

Tarjimon: Hamid Olimjon