AsosiyFanlarKitoblarReyting
Qo‘llab-quvvatlash

O‘quvchilar va abituriyentlar uchun bepul testlar va kitoblar. Testlar doim bepul.

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Platforma

  • Fanlar
  • Kitoblar
  • Reyting
  • Kabinet

Loyiha

  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Telegram: @bilgo_uz_bot

Huquqiy

  • Maxfiylik siyosati
  • Foydalanish shartlari
  • Hisobni o‘chirish

© 2026 Bilgo · Barcha huquqlar himoyalangan

AsosiyFanlarKitoblarReyting
← Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom16 / 53

15. Hazrati Muso alayhissalom

Ya’qub alayhissalomning laqablari Isroil o‘lub, avlodlariga Bani Isroil deyilur. Muso alayhissalom Bani Isroildin Imron ismli kishining o‘g‘lidurlar.

Bani Isroil Hazrati Yusuf zamonlarinda Misrga bordilar. Misrning asl xalqi qibtiylar o‘lub, sanamlarga ibodat qilur edilar. Bani Isroilga dushmanlik qilub, haqoratlar ila og‘ir, mashaqqat ishlarni ishlatar edilar. Bobolarining yurti Kan’onga ketar bo‘lsalar, yo‘l bermay, asorat zanjirinda tutar edilar.

Bir kun g‘aybdin xabar berguvchilar Misr podshohi (fir’avn)ga «Bani Isroildin bir o‘g‘il tug‘ulub, sening davlatingni yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘lur», dedilar. Fir’avn Bani Isroildin tug‘ulgan bolalarni o‘ldurmakka buyurdi. Jallodlar axtarub, o‘g‘ul bolalarni o‘ldira boshladilar. Shul vaqt Muso alayhissalom tug‘uldilar. Anolari qo‘rqub, sanduqg‘a solub: «Alloh hofiz», deb Nil daryosiga otdilar. Oqib borganlarida fir’avnning xotuni Osiyo tutub oldi. Ko‘rdiki, chiroylik bir boladur. Yaxshi ko‘rub, o‘ziga bola qilub oldi. Emizmak uchun sut anolar kelturdi. Hech birin emchagin olmay, o‘z onalarin keturganida emdilar. Anolari o‘zlarin bildurmay, fir’avnning uyinda tarbiya qildilar.

Katta bo‘lub, ko‘chada yurganlarida ko‘rdilarki, qibtiylardin biri Bani Isroil birla urushib turubdur. Muso alayhissalom qibtiyning ko‘ksina bir musht urganlarida joni chiqdi. Shul tufayli fir’avndin ko‘rqub, Madyan shahriga borub, Shuayb alayhissalomning qizi Safurani nikohlab oldilar.

Madyanda o‘n yil turub, so‘ngra Misrga uy ichlari ila jo‘nadilar. Yo‘lda Tur tog‘iga yetganlarida Allohu taolo ila so‘zlashdilar. Aso va yadi bayzo kabi mo‘‘jizalar berdi. Ukalari Horun alayhissalom ila ikkovlarini payg‘ambar qildi.

Janobi Haq ikkovlarini Misrda da’voyi xudolik qilg‘an fir’avnni qavmlari ila haq dinga chaqurmakga buyurdi; Misrga borub, fir’avnni imonga da’vat qilganlarida mo‘‘-jiza talab qildi. Asolarini tashladilar. Zo‘r ajdaho bo‘lub, fir’avnni taxti ila yutarga harakat qildi. Fir’avn «Yo, Muso! Sabr qilingiz!» dedi. Qo‘lga oldilar. Yana aso bo‘ldi. Fir’avn bunga ham inonmay, sehrchilarni yig‘ub, ajdaholar qildurub, Hazrati Musoni yo‘llariga qo‘ydi. Hazrati Muso asoni tashladilar. Yana zo‘r ajdaho bo‘lub, sehrchilarning ajdaholarin yutub, yo‘q qildi. Bu mo‘‘jizani ko‘rub, barcha sehrchilar imon keturdilar. Fir’avn imon keturmasdin, sehrchilardin g‘azablanub: «Siz Muso ila birlashdingiz, qo‘lu oyoqlaringizni kesub, xurmo shoxlariga osarman», dedi.

So‘ngra Muso alayhissalom Shob dengizining labiga borub, asoni dyongizga urdilar. Suv yorilub, yo‘l ochildi. Bani Isroillar o‘tmakda edilar, Fir’avn ham orqalaridin kelub, daryoga kirdi. Bani Isroil chiqqan zamon yo‘llar bekildi, fir’avn askari birla g‘arq bo‘ldi. Bu sabab ila Muso alayhissalom dushmanlariga ustun bo‘ldilar.

Kan’onning katta shaharlari Ariho, Nobilis, Quddus shaharlari bo‘lub, Bani Isroilga Arihoga kirmak uchun Jabobira xalqi birla urushmoq lozim bo‘ldi. Bani Isroil «Jabobira ila jang qilmaymiz», deb ketlariga qaytdilar. Muso alayhissalom duoibad qildilar. Bani Isroil qirq yil Tiya sahrosinda qoldilar.

Qavmlarini Horun alayhissalomga topshirub, o‘zlari Tur tog‘iga borub, Janobi Haq birla so‘zlashdilar. Haq taolo Tavrot ismli kitob yubordi. Turda yurganlarida Bani Isroildin Somiriy degan bir buzuq kishi chiqub, Bani Isroilni Horun alayhissalomga bo‘yinsundurmasdin, bir buzoq suvratiga cho‘qundurdi.

Muso alayhissalom Tavrot ila Turdin kelub ko‘rdilarki, Bani Isroil buzoqg‘a cho‘qunurlar. Achchig‘lari chiqub, suvratni daryoga otdilar. Qavmlariga Tavroti sharifni o‘rgatub, e’tiqodlarini(ng) mahkam qilganlaridin so‘ngra Horun alayhissalom vafot bo‘ldilar.

← Oldingi bobKeyingi bob →