29. Nasabi Sharif

Payg‘ambarimiz hazratlarining ismi shariflari Muhammaddur. Atolari Abdulloh binni Abdul Mutallib bin Hoshim bin Abdul Mannof bin Qusoy bin Kilob bin Murra bin Ka’b bin Luay bin G’olib bin Fihr bin Molik bin Nazr bin Kinona bin Huzayma bin Mudrik bin Ilyos bin Muzar bin Nizor bin Ma’d bin Adnondur. Bundin yuqoru bobolarining ismlari ochiq ma’lum bo‘lmasa ham, Ibrohim payg‘ambarning o‘g‘illari Ismoil alayhissalomga tutashuvlarinda ulamolar arosinda xilof yo‘qdur.

Anolari Banu Zuhra qabilasining ulug‘larindin Vahhob bin Abdul Mannof bin Zuhra bin Kelob bin Murra qizi Amina edilar. Ikki tarafdin ham Faxri olam afandimiz arab qavmi arosinda asl nasab o‘lmoq ila mashhur Quraysh qabilasindin Hoshim urug‘indin, ato va anolari musulmonlar o‘lub, o‘z zamonalarining shar’iy nikohlari ila qo‘shulub, buzuq ishlardin pok edilar. Nikohlanish vaqtlarinda atolari Abdulloh hazratlari 18 yoshda, anolari Amina janoblari 14 yoshda edilar. Atolari safarda yurganlarida kasal bo‘lub, Madina shahrinda 25 yoshlarinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Madinadadur. Shul vaqt Faxri olam afandimiz ikki yoki sakkiz oylik homila edilar.