30. Mavludi Sharif

Payg‘ambarimiz fil yilinda nayson ichinda rabbi ul-avval oyining o‘n ikkisinda dushanba kun tong vaqtinda Makka shahrinda tug‘ulub, bobolari tarafindin Muhammad deb ismlandilar. Sallallohu alayhi vasallam tug‘ulgan vaqtlarinda anolarin dard tutmasdin, zahmat chekmasdin, sunnat qiling‘an, kindiklari kesilgan holda tug‘ildilar. Orqalarinda kabutarni tuxumidek bir alomat bor edi. Buni «muhri nubuvvat» deb atalur.

Shul kun bobolari Abdul Mutallib zo‘r ziyofat (aqiqa) qilub, ko‘b kishilarni siyladilar. Shul vaqt bir necha odatdin tashqari ishlar paydo bo‘ldi. Ka’badagi butlar yiqilub, yerga tushdi, Kisroning ayvoni tebranub, o‘n to‘rt manzari yiqildi, Fors viloyatinda otashparastlarning ming yildin beri yonub turgan o‘tlari o‘chdi, Sova ko‘li yerga botub, Samovoda suvlar toshdi. Bu alomatlar Faxri olam afandimizning tug‘ulishlarindin, dini islomning chiqishindin yer yuzindagi gumroh xalqlarni ogoh qilmak uchun Janobi Haq tarafindin berilmish bir xabar edi.

Rasululloh tug‘uladurg‘an kechasi ko‘b odamlar payg‘am-barimizni dunyoga keluvlarin tushlarinda ko‘rmishlar.