35. Hijrati Faxri Olam
Dini Islomni har tarafga tezlik ila taraluvina Makka kofirlarini toqatlari qolmay, jam’ bo‘lub, bir kecha Faxri olam afandimizni jonlariga qasd qilub keldilar. Faxri olam afandimiz Vajaalno min bayni aydihim saddan va min xalfihim saddan faag‘shaynohum fahum lo yubsirun (tarjimasi: «Va biz ularning oldilaridan bir to‘siq-parda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik. Bas, ular ko‘ra olmaslar») oyati ni o‘qub, hujrai muboraklarindin chiqub ketdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq ila borub, Sur tog‘indagi g‘orda uch kun turdilar. Hazrati Abu Bakrning o‘g‘illari Abdulloh har kecha taom ila Makka ahvolindin xabar berib turdilar.
So‘ngra g‘ordin chiqub, Hazrati Abu Bakr Siddiq Omir Fuhayro ismli qullarin yo‘lboshchi qilub, payg‘ambarimiz ila Madinaga safar qildilar.
Faxri olam afandimiz payg‘ambarlik kelgandin so‘ng Makkada 13 yil umr kechirub, hijrat qilg‘on vaqtlarinda 53 yoshda edilar. Sanai milodiyning 622 yili 8 rabbi ul-avvalda dushanba kuni Madinaga yaqin Qabo ismli yerga salomatlik ila yetdilar. Shul yerda bir necha kun turub, 12 rabbi ul-avvalda jum’a kuni Madinaga kirdilar. Nihoyatda fasih xutba so‘zlab, jum’a namozini ado qildilar.
Faxri olam afandimizning hijratlari ulug‘ voqealardin bo‘lub, shul kundin e’tiboran musulmonlar mushriklar zulmindin qutulub, ibodatlarini oshkora qilurga boshla-dilar. Dini islom shuhrat topub, har tarafdin to‘p-to‘p arab qabilalari kelub, dini islom ila musharraf bo‘ldi.
Innaddina indallohil islom (tarjimasi: «Albatta Alloh nazdida makbul bo‘ladigan din faqat Islom dinidir») nidolari arshi a’lolarga chiqdi. Shul sababli ahli islom shul yilni tabarrukan ulug‘lab, ta’rix boshi e’tibor qilmishlar.
Hazrati Umar o‘z zamonlarinda hijratni musulmonlar uchun yil boshi ta’yin qildilar. Hijrat rabbi ul-avvalda bo‘lsa ham, avvalgi sahobalar muharramda Habashga hijrat qilganlari, ham johiliyat zamonida muharramni yil boshi hisob qilg‘onlari e’tiborga olinub, yil boshi birinchi muharramdin boshlandi.