41. Xaybar G’azvasi
Madinani shimol tarafinda Xaybar ismli shahr o‘lub, musulmonlikdin qochgan yahudiylar borub, hammalari shul yerda jam’ bo‘lgan edilar. Xaybar esa Shom ila Madina arosinda o‘ldig‘indin musulmonlar yo‘lchilarina yahudiylar tarafindin bir necha jafolar ko‘rilub, yo‘l qo‘rqunch edi. Shul sababli Faxri olam afandimiz Hudaybiyadin qaytishlarinda 1500 qadar kishi birla Xaybar qal’a-qo‘rg‘onini borub oldilar. Xalqini musulmon qilub, nusrat ila Madinaga qaytdilar. Bu urushda musulmonlardin 15 kishi shahid bo‘lub, yahudiylardin 93 kishi o‘ldi.
Faxri olam afandimiz hijratning yettinchi yilinda muharram oyinda Arabiston atrofindagi podshoh va hokimlarga qog‘oz yozub, «Muhammadur Rasululloh» yozilgan muhrlarin bosub, elchilarga berub, Eron shohi Xusravga, Qaysari Rumga, Misr podshohi Maqavqisga,, Habash podshohi Najjoshiyga va boshqa bir necha podshohlarga yubordilar. Eron shohi Xusrav nomani yirtub tashladi. Shul sababli tezdin davlati yo‘q bo‘lub, o‘zindin nomnishon qolmay, Eron mamlakati musulmonlar qo‘liga o‘tdi.