43. Futuhoti Faxri Olam
Makka olingandin so‘ng Hanin, Toif ismli shaharlarni(ng) urush ila olub, mushriklarni shaharlarin musulmon-obod qilub, shul yil xutba so‘zlamak uchun Madina masjidina minbar soldilar.
Hijratning to‘qquzinchi yili Faxri olam afandimiz Rum tarafinga yurish qilub, urushsiz hozirda Hijoz temir yo‘lin manzili o‘lan Tabuk ismli yerga tushub, har tarafga elchi yubordilar. Tabuk xalqlari ila kelishub, shul yerga bir masjid solub, Madinaga qaytdilar.
Madinadin Abu Bakr Siddiq hazratlarini bosh qilub, bir necha sahoba ila haj qilmak uchun Makkaga yubordilar. Olami islomda eng avval ado qiling‘on farz haj ushbudur. Haj vaqtinda Hazrati Ali bir oyat surasin o‘qub, islom hukmlarin yig‘ilg‘on xaloyiqlarga bayon va e’lon qildilar.