44. Haji Vido’i Faxri Olam

Hijratning o‘ninchi yili Arabistonni har tarafindin Madinaga guruh-guruh kishilar kelub, dini islom ila musharraf bo‘lurga boshladilar. Shul yil Faxri olam afandimiz hazratlari haj qilmaklarin e’lon qildilar. Shul sababli har tarafdin xaloyiqlar kelub, Madinaga yig‘ilub, hammalari payg‘ambarimiz ila birga haj qilmak va ibodat yo‘llarin o‘rganmak orzusinda edilar.

Faxri olam afandimiz 25-zulqa’da oyinda dushanba kuni qiyomdin so‘ng 90000 qadar sahoba birla Makkai mukarramaga qarab yurdilar. Yo‘l-yo‘ldin yana hisobsiz arablar qo‘shulub, to‘rtinchi zulhijjada Makkai mukarramaga yetdilar. Birin-birin haj amallarin hammasin ado qildilar.

To‘qquzinchi zulhijjada Arafot tog‘iga chiqub, bir xutba so‘zlab, shul xutbalarinda islom dinining hukmlarin bayon qildilar. Xotunlarga shafqat va marhamatda bo‘lmak to‘g‘rusinda nasihat qilub: «Ey, xaloyiq! Men sizlarga Qur’oni karim ila sunnatimni qoldirdim, men tezdin bu dunyodin oxiratga ko‘charman», — deb vasiyatlar qildilar. Shul kuni «Al yavma akmaltu lakum dinakum va atmamtu alaykum ne’mati va raziytu lakumul isloma dina» (tarjimasi: «Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matshti benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlaruchun (faqat) Islomni din qilib tanladim») oyati Karimasi nozil bo‘ldi. (Qur’on. Moida surasi, 3-oyat.)

Faxri olam afandimiz hijratdan so‘ng eng oxirgi qilgan hajlari ushbu o‘ldig‘indin bu hajlarina Hajjat ul-vido’ deyilur. Makkada o‘n kun mikdori turg‘onlarindin so‘ng Faxri olam afandimiz yuz ming mashaqqatlar ila «Ummati, ummati» deb, dini islom ila musharraf qilg‘on ummatlari ila, ummatlari jonlarindin suyukli, ato-anolarindin ortug‘roq shafqatli payg‘ambarimiz ila vido’-xayrlashub, sahobalar o‘z vatanlariga, afandimiz Madinaga qaytub ketdilar.