49. Xilofati Hazrati Abu Bakr Siddiq
Rasuli akram (s.a.v.) afandimiz salomat vaqtlarinda o‘rinlariga xalifa bo‘ladurg‘on kishini ta’yin qilmasalar ham Hazrati Abu Bakr Siddiqning xalifa bo‘lishlariga ko‘b ishoratlari bor edi. Masalan, «Dunyoda eng ziyoda Abu Bakr Siddiqdin roziman» deb aytishlari, ba’zi vaqt imom qilub iqtido qilishlari, ko‘b vaqt bu zot ila suhbat va kengash qilishuvlari bu zotni xalifa bo‘lishlariga dalolat qilur edi.
Payg‘ambarimizni (s.a.v.) vafotlarindin so‘ngra Madinada Hazrati Umar bosh bo‘lub, hamma sahobalar payg‘ambarimizning o‘runlariga Hazrati Abu Bakr Siddiqni xalifa ko‘tarub, bo‘yinsundilar.
Hazrati Abu Bakr Siddik Najjad va Yamanda da’voi payg‘ambarlik qilg‘on Muslimat ul-Kazzob va Asvad ul-Anso kabi yolg‘onchilarning boshlariga askar yuborub, o‘zlarin tutub, o‘ldirtirub, Shomni oldilar. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) vafotlarini eshitub, islom dinidin qayttan munofiqlarni askar va qilich kuchi birla itoatta kirgizdilar.
Shul vaqtgacha Qur’oni karimni sahobalar yoddin o‘qur edilar. Muslimat ul-Kazzob ila bo‘lg‘on urushda Qur’onni yod biladurg‘on sahobalarning ko‘blari shahid bo‘lub edilar. Shul sababli Hazrati Abu Bakr Siddiq Hazrati Umar ila kengash qilub, hamma qori-sahobalarni yig‘ub, Qur’oni karimning oyatlarin jam’ qilub, Mushafi sharifni yozdirdilar (Hazrati Usmon xalifa bo‘lgan zamonda bu Mushafi sharifdin nusxalar yozdirub, har tarafga tarqatmishlar).
Hazrati Abu Bakr Siddiq ikki yil to‘qquz oy xalifalik qilub, o‘rinlariga Hazrati Umarni ta’yin qilub, 63 yoshlarin-da, hijratning o‘n uchinchi yilinda, 20-jumod iloxir oyinda vafot bo‘ldilar. Qabri shariflari Madinai munavvarada, hujrai saodatdadur (Raziyallohu anhu).