51. Xilofati Hazrati Usmon
Hazrati Umardin so‘ngra sahobalarning ulug‘lari o‘zaro kengashub, Hazrati Usmonni xalifa ko‘tarub, hammalari bo‘yinsundilar. Hazrati Usmon zamonlarinda Misr, Suriya shahrinda urush bo‘ldi. Shom podshohi Muoviya Istanbulni qamal (muhosara) qilsa ham ololmadi. Musulmonlar Qubris yurtini oldilar. Hazrati Usmon Hazrati Abu Bakr Siddiq zamonlarinda yozilg‘an Mushafi sharifdin bir necha nusxalar ko‘chirdurub yozdirub, islom mamlakatlariga tarqatdilar.
Hazrati Usmon nihoyatda rahmdil, hayolik, ochiq yuzlik, yaxshi xulqlik, olijanob bir zot edilar. Kufa xalqi Hazrati Usmonning o‘z yaqinlarindin qo‘ygan hokimlariga rozi bo‘lmasdin, bosh tortub, g‘avg‘o chiqardilar. Bu xabarni eshitub, Basra, Misr, Shom xalqlari ham buzildilar. Oxirda hammalari yig‘ilub kelub, Hazrati Usmonni(ng) o‘z uylarinda qamab, shahid qildilar.
Hazrati Usmon 12 yil xalifalik qilub, 82 yoshlarinda, hijratning 35-yilinda, 18-zulhijja oyinda vafot bo‘ldilar.
Qabri shariflari Madinai munavvarada, Jannatul Baqiya ismli mozordadur (Raziyallohu anhu).